Reshford: «Birinchi marta Manchesterdan uzoqda yashayapman, ammo allaqachon bu yerni oʻzim uchun uydek his qila boshladim»
«Barselona» hujumchisi Ispaniyadagi hayoti haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» hujumchisi Markus Rashford Manchesterdan tashqaridagi hayoti haqida fikr bildirdi.
«Men birinchi marta Manchesterdan uzoqda yashayapman, ammo allaqachon bu yerni o‘zim uchun uydek his qila boshladim. Ispan tilini yaxshiroq o‘rganishni xohlayman va buning ustida ishlayapman», — deya Rashfordning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Joriy mavsumda ingliz futbolchisi «Barselona» safida barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Rashfordning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist