locale OZ

«Renn» «Sanderlend» hujumchisi Eliyezer Mayenda transferini rasman e’lon qildi

Tomonlar oʻrtasida 2031-yilga qadar tuzilgan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Renn» «Sanderlend» hujumchisi Eliyezer Mayenda transferini rasman e’lon qildi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «Renn» klubi o‘zining rasmiy saytida Angliyaning «Sanderlend» jamoasidan Ispaniya yoshlar terma jamoasi forvardi Eliyezer Mayendani sotib olganini ma’lum qildi.

Iste’dodli futbolchi o‘zining yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi mehnat kelishuvi 2031-yilning yoziga qadar amal qilishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, Eliyezer Mayenda Ispaniya va Fransiya futbol maktablari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumchining faoliyati davomida «Sosho» hamda Shotlandiyaning «Xibernian» klublari safida ham to‘p surgan. Ortda qolgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mayendaning ayni damdagi bozor bahosi 16 million yevroni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Renn» klubi ortda qolgan 2025/2026-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Fransiya Liga 1 turnir jadvalida oltinchi o‘rinni band etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting