locale OZ

«Renn» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Klub 21 turdan keyin 31 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Renn" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
ФОТО: Getty images

“Renn” klubi bosh murabbiyi Xabib Beye va uning yordamchilari o‘z vazifasidan chetlatilganini e'lon qildi.

Klubning ma'lum qilishicha, yakuniy qaror qabul qilinmaguncha jamoa mashg‘ulotlariga Sebastyen Tambure, Pyer-Aleksandr Lelebr va Maksim Le Marshan rahbarlik qiladi.

Ma'lumot uchun, "Renn" barcha musobaqalardagi so‘nggi 4 ta o‘yinda umumiy 1:12 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Liga 1 turnir jadvalida klub 21 turdan keyin 31 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting