locale OZ

Renatu Sanches “Xetafe” bilan muzokara olib bormoqda

Sanches yozda PSJ bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgan va hozirda erkin agent hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Renatu Sanches “Xetafe” bilan muzokara olib bormoqda
Foto: Getty Images

Portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sanches faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. 29 yoshli futbolchi hozirda “Xetafe” bilan muzokara olib bormoqda va aynan shu variantni o‘zi uchun ustuvor deb hisoblamoqda.

Sanches yozda PSJ bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgan va hozirda erkin agent hisoblanadi. Manbaga ko‘ra, u MLS, Saudiya Arabistoni va Braziliya klublaridan tushgan takliflarni rad etib, faoliyatini Yevropada davom ettirishni istamoqda.

Futbolchiga avvalroq “Chelsi” va “Lill” ham qiziqish bildirgan. Biroq Sanches hozirda La Ligada o‘ynash imkoniyatini ma’qul ko‘rmoqda va tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Sanches o‘tgan mavsumni ijara asosida “Panatinaikos”da o‘tkazdi. U Gretsiya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting