locale OZ

Renato Marin XXI asrda «PSJ» safida maydonga tushgan eng yosh darvozabonga aylandi

Golkiper 1992 yilgi rekordni yangiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Renato Marin XXI asrda «PSJ» safida maydonga tushgan eng yosh darvozabonga aylandi
FOTO: Getty Images
Fransiya kubogi
20.12.2025, Yak.
Vendee Fontenay Foot
0
Paris Saint-Germain
4

Italiya va Braziliya fuqaroligiga ega darvozabon Renato Marin XXI asrda «PSJ» safida maydonga tushgan eng yosh golkiperga aylandi. U Fransiya kubogi 1/32 final bosqichida «Vandeya Fontene»ga qarshi uchrashuvda debyut qildi.

Bellashuv parijliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi ParisSG INFOS statistik akkaunti xabar berdi.

19 yosh-u 5 oyligida maydonga tushgan Renato klub tarixida rasmiy o‘yinda ishtirok etgan eng yosh darvozabon sifatida rekord o‘rnatdi. U shu orqali 1992 yil aprel oyidan buyon saqlanib kelayotgan ko‘rsatkichni yangiladi. O‘shanda darvozabon Rishar Dyutryuel «PSJ» safida 19 yosh-u 4 oyligida debyut qilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting