locale OZ

Red Bull kompaniyasi Klopp bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Kloppning kompaniya bilan shartnomasi 2029-yilga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Red Bull kompaniyasi Klopp bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
ФОТО: Getty images

Red Bull kompaniyasi futbol departamenti rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Yurgen Kloppning ish natijalaridan qoniqmayapti.

Bild nashri xabar berishicha, yaqin orada tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslik bo’yicha uchrashishadi.

Eslatib o’tamiz, Kloppning zimmasiga Red Bull tizimidagi klublarni (“Leypsig”, “Bragantino”, “Nyu-York” va boshqalar) rivojlantirish va sovrinlar sari yetaklash vazifasi yuklatilgan edi.

Biroq jamoalarning hozirgi natijalari, xususan, “Leypsig”ning Germaniya Bundesligasida 5-o‘rinda borayotgani rahbariyatni qoniqtirmayapti.

Red Bull rahbariyati Kloppning 2026-yilning yozida murabbiylikka qaytishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas. Agar Klopp vazifasidan ozod etilsa, o’rniga asosiy nomzod sifatida “Kristal Pelas”ni boshqarayotgan Oliver Glasner ko’rilmoqda. U ilgari “Zalsburg”da ishlagan.

Ma’lumot uchun, Kloppning kompaniya bilan shartnomasi 2029-yilga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting