Rebrov Ukraina bosh murabbiyligidan ketdi
Bu haqda Ukraina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.
ФОТО: Getty images
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Ukraina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
U 2023 yildan beri milliy terma jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida "sariq-ko‘klar" Yevro-2024 musobaqasiga yo‘llanma olishgan, biroq guruh bosqichidan o‘ta olishmagandi.
Ukraina terma jamoasining Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 musobaqasiga chiqa olmagani mutaxassis bilan xayrlashishga asosiy sabab bo‘ldi.
Hozircha mamlakat futbol assotsiatsiyasi yangi bosh murabbiy nomzodi borasida rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist