locale OZ

«Real»ning sobiq futbolchisi yurak xurujiga uchradi

Hozirda uning holati yaxshiligi aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»ning sobiq futbolchisi yurak xurujiga uchradi
FOTO: Getty Images

Argentinalik mutaxassis va Chilining «Universidad de Chili» bosh murabbiyi Fernando Gago yurak bilan bog‘liq muammo sababli shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, unda yurak xuruji alomatlari kuzatilgan va shifokorlar zudlik bilan tibbiy muolajalarni boshlagan.

Klub rasmiy bayonotiga ko‘ra, 40 yoshli mutaxassis hozirda barqaror holatda bo‘lib, shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Shu sababli u yaqin kunlardagi mashg‘ulotlarni boshqara olmaydi.

Maʼlumot uchun, Fernando Gago futbolchilik faoliyati davomida «Real Madrid», «Boka Xuniors», «Roma» va «Valensiya» safida to‘p surgan hamda Argentina milliy terma jamoasi tarkibida 61 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting