locale OZ

«Real»ning muhim futbolchisi «Barselona»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Uchrashuv 11 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»ning muhim futbolchisi «Barselona»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmasligi mumkin, deya xabar bermoqda COPE.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchida son orqa mushaklarida muammo yuzaga kelgan va u og‘riq sezmoqda. Bugun, 10 yanvar kuni Rodrigo tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va uning yakunlariga ko‘ra futbolchining final bahsida ishtirok etishi yoki etmasligi aniq bo‘ladi.

Ispaniya Superkubogi finali «Barselona» va «Real» o‘rtasida 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning yarimfinal bosqichida «Real» Madrid derbisida «Atletiko»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Barselona» «Atletik» klubidan ustun keldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting