locale OZ

«Real»ning La Ligadagi ilk uchrashuvi qoldiriladi – manba

Manbaga ko‘ra, uchrashuv avgust oyining oxirida o‘tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»ning La Ligadagi ilk uchrashuvi qoldiriladi – manba
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi va “Real Sosedad” o‘rtasida 16 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan La Liganing 1-tur uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv avgust oyining oxirida o‘tkaziladi. Bunga sabab — “Real”ning kamida bir nafar futbolchisi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida ishtirok etishi aniq bo‘lgani bilan izohlanmoqda.

Avvalroq La Liga prezidenti Xaver Tebas Jahon chempionati yarim finalida (14–15 iyul) ishtirok etadigan kamida bitta futbolchisi bo‘lgan klublarning chempionat bahslari boshqa sanaga qoldirilishini ma’lum qilgan edi.

Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya va Marokash terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Fransiya safida “Real” futbolchilari Kylian Mbappe, Aurelien Tchuameni va Ibrahima Konate harakat qilayotgan bo‘lsa, Marokash terma jamoasida ham madridliklar vakili Brahim Diaz maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting