locale OZ

«Real»ning ikki nafar aʼzosi Ispaniya Kubogidagi muvaffaqsizlikdan soʻng rahbariyat ishonchini yoʻqotdi

Madridliklar 1/8 finalda ikkinchi divizon vakiliga magʻlub boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»ning ikki nafar aʼzosi Ispaniya Kubogidagi muvaffaqsizlikdan soʻng rahbariyat ishonchini yoʻqotdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya Kubogi 1/8 finalida Segundada to‘p suruvchi «Albasete»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘linganidan so‘ng «Real»ning ikki futbolchisi klub rahbariyati va murabbiylar shtabi ishonchini jiddiy tarzda yo‘qotdi. Gap yarimhimoyachilar Franko Mastantuono va Arda Gyuler haqida ketmoqda, deya xabar beradi AS nashri.

Manbaga ko‘ra, Kubokdagi omadsiz o‘yindan keyin so‘nggi haftalarda ham o‘yin amaliyoti qisqarib borayotgan Mastantuono endi yanada kamroq vaqt maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘yini tanqid ostiga olingan Arda Gyuler ham yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa qo‘l ostida yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligi ehtimoli yuqori.

Klub ichida hozircha faqat Kilian Mbappe va Tibo Kurtua o‘zining odatiy, yuqori saviyadagi o‘yinini namoyish etayotgani ta’kidlanmoqda. Qolgan futbolchilarning barchasi o‘z imkoniyatlaridan past darajada harakat qilmoqda. «Qirollik klubi» ichida ushbu sust formaning sabablarini aniqlashga urinishlar ketmoqda — futbolchilarning jismoniy holati batafsil tahlil qilinmoqda va bu holat rahbariyatni jiddiy tashvishga solmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting