locale OZ

“Real”ning ikki futbolchisi “Xetafe”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi, ular “Barselona”ga qarshi finalda ishtirok etmasligi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real”ning ikki futbolchisi “Xetafe”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi, ular “Barselona”ga qarshi finalda ishtirok etmasligi mumkin
“Real”ning ikki futbolchisi “Xetafe”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi, ular “Barselona”ga qarshi finalda ishtirok etmasligi mumkin

Madridning “Real” jamoasi safarda “Xetafe”ga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq bu g‘alaba jamoa uchun oson kechmadi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng himoyachi David Alaba chap oyog‘idagi noqulaylik tufayli maydonni tark etdi. Uni Eduardo Kamavinga almashtirdi. Fransiyalik yarimhimoyachi deyarli butun o‘yinni o‘tkazdi, ammo qo‘shilgan vaqt boshida Luis Milyaning folidan so‘ng u ham maydonni tark etdi. Bu ikki futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tekshiruvlardan so‘ng ularning jamoa safidan qancha muddatga chetlatilishi aniqlanadi.

“Real” Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ga qarshi birinchi o‘yinini o‘tkazadi. Uchrashuv 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting