locale OZ

“Real”ning 18 yoshli futbolchisi Mourinyuni hayratda qoldirdi

“Real” murabbiylar shtabi yosh ispaniyalik futbolchining texnikasi va raqibdan cho‘chimay o‘ynashini yuqori baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real”ning 18 yoshli futbolchisi Mourinyuni hayratda qoldirdi
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi tarbiyalanuvchisi Aleksis Siriya mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida bosh murabbiy Joze Mourinyu va uning yordamchilarida katta taassurot qoldirdi. 18 yoshli vinger jamoaning yozgi yig‘inidagi asosiy kashfiyotlardan biri bo‘lib turibdi.

Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, “Real” murabbiylar shtabi yosh ispaniyalik futbolchining texnikasi va raqibdan cho‘chimay o‘ynashini yuqori baholamoqda. Klubda Siriya kelajakda asosiy jamoada o‘zini ko‘rsatish uchun yetarli salohiyatga ega deb hisoblanmoqda.

Aleksis yil boshida “Sevilya” akademiyasidan “Real” safiga qo‘shilgan edi. U yangi klubiga tez moslashib, yoshlar jamoasidagi o‘yinlari bilan e’tibor qozondi. Avvalroq AS futbolchini Madrid klubining istiqbolli yosh iqtidorlaridan biri sifatida ta’riflagan.

Mavsumoldi uchrashuvlarida ham Siriya o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi. U “Fiorentina”ga qarshi o‘rtoqlik bahsida gol urgan, “Ferensvarosh” bilan uchrashuvda esa golli uzatma amalga oshirgan. Endi yosh vingerning o‘yinlari Mourinyu e’tiboriga tushgani sabab uning asosiy jamoada imkoniyat olish ehtimoli oshmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting