locale OZ

“Real”ning 125 million funtga situb olgan yangi futbolchisi mavsumdagi ilk golli uzatmasini amalga oshirdi

Madridliklar uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Real”ning 125 million funtga situb olgan yangi futbolchisi mavsumdagi ilk golli uzatmasini amalga oshirdi
Foto: Getty Images

“Real Madrid”ning 19 yoshli vingeri Yan Diomande yangi klubidagi ilk samarali harakatini qayd etdi. Ivuarlik futbolchi La Liganing 6-turida “Elche”ga qarshi bahsda Kilian Mbappening goliga assist muallifi bo‘ldi. Madridliklar uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Diomande ketma-ket ikkinchi uchrashuvda “Real”ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. 33-daqiqada u o‘ng qanotdan tezlik bilan oldinga chiqib, Mbappega aniq uzatma berdi va fransiyalik hujumchi jamoasining ikkinchi golini urdi. Bu Diomandening Madrid klubidagi ilk golli uzatmasi bo‘ldi.

Yosh vinger “Elche”ga qarshi uchrashuvda faqat assist bilan emas, individual harakatlari bilan ham ajralib turdi. U 7 ta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Real” futbolchilari orasida eng yaxshisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Diomandeni yozgi transfer oynasida “RB Leypsig”dan 125 million yevro evaziga sotib olgan. 19 yoshli futbolchi hozirga qadar madridliklar safida 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta golli uzatma qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting