locale OZ

«Real»ni tark etgan Karvaxal Fabregas jamoasiga o‘tishi mumkin

Ispaniyalik himoyachi mavsum yakunida Madrid klubi bilan xayrlashdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
«Real»ni tark etgan Karvaxal Fabregas jamoasiga o‘tishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Real Madrid» klubini tark etgan himoyachi Daniel Karvaxal Italiyaning «Komo» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Estadio Deportivo nashri xabar bermoqda.

34 yoshli ispaniyalik futbolchi deyarli butun faoliyatini o‘tkazgan madridliklar safini mavsum yakunida tark etdi. Sesk Fabregas boshqaruvidagi «Komo» jamoasi esa A Seriya yakunlariga ko‘ra Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Evropaning eng nufuzli turniri arafasida jamoa tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.

Karvaxal «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «qaymoqranglilar» safida jami 451 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 66 ta golli uzatmani amalga oshirgan. «Qirollik klubi» tarkibida Karvaxal 27 ta sovrin yutgan (madridliklar tarixidagi ikkinchi ko‘rsatkich): 6 bor Chempionlar Ligasi, 5 tadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCh, 4 tadan Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogi, shuningdek, 2 ta Ispaniya kubogi hamda 1 ta Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting