locale OZ

«Real»ga Saliba kerak

Madridliklar anchadan beri fransiyalik himoyachini kuzatib keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»ga Saliba kerak
ФОТО: Getty images

Madridliklar "Arsenal" himoyachisi Uilyam Salibaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TBR Football xabar berdi.

Qayd etilishicha, Madrid klubi vakillari fransiyalik futbolchining "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘yinini tomosha qilgan.

Klub anchadan beri uni kuzatib keladi va o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Futbolchi David Alaba ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Saliba "Arsenal" safida 138 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting