“Real”ga qarshi o'yin oldidan “Arsenal” jiddiy yo'qotishga uchradi
FOTO: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Gabriel Magallaesh jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Bu haqda “kanonirlar” matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlar natijasiga ko'ra, futbolchining chap tizzasida jarohat borligi aniqlangan. Braziliyaliklar futbolchi yaqin orada jarrohlik stoliga yotishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “Arsenal” 8-aprel kuni Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida o'z maydonida “Real”ni qabul qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist