locale OZ

“Real”ga “PSJ” futbolchisi kerak

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real”ga “PSJ” futbolchisi kerak
Photo: Getty Images

“PSJ” yarim himoyachisi Vitinya faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Marca xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, Madrid klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Vitinya bilan birga ishlashni istamoqda. “PSJ” esa hech qanday summa evaziga jamoa yetakchilaridan birini sotmasligini ma’lum qilgan.

Portugaliyalik 25 yoshli futbolchining agenti Jorge Mendeshning fikricha, “Real” futbolchining tovon pulini to‘lash orqali o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Vitinyaning “PSJ” bilan shartnomadagi tovon puli 130 mln yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda u “PSJ” safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 60 million yevroga baholagan. Vitinyaning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting