locale OZ

«Real»dan birorta futbolchi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagan

Luis de la Fuente 13 ta klubdan jami 26 nafar futbolchini tanlab oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»dan birorta futbolchi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagan
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubidan biror nafar futbolchi ham 2026 yilgi jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasining yakuniy ro‘yxatiga kiritilmadi.

Jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente 13 ta klubdan jami 26 nafar futbolchini tanlab oldi.

“Barselona”dan esa darvozabon Joan Garsiya, himoyachilar Pau Kubarsi va Erik Garsiya, yarim himoyachilar Gavi, Pedri, Dani Olmo hamda hujumchilar Ferran Torres va Lamin Yamal turnirga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, Luis de la Fuente shogirdlari guruh bosqichida Kabo-Verde (15 iyun), Saudiya Arabistoni (21 iyun) va Urugvayga (27 iyun) qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting