locale OZ

«Real» zaxira darvozabon qidirishni boshladi

Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Real zaxira darvozabon qidirishni boshladi
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi 34 yoshli darvozabon Thibaut Courtois'ning ehtimoliy o‘rinbosari masalasini muhokama qilishni boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxatidan Angliyaning "Brighton" klubi va Niderlandiya terma jamoasi darvozaboni Bart Verbruggen ham o‘rin olgan. Shuningdek, "qaymoqranglilar" o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisi, "Real Castilla" posboni Fran Gonsalesga ham katta umid bildirmoqda.

Biroq hozirgi vaqtda klub rahbariyati Courtois'ni jamoaning asosiy va almashtirib bo‘lmas darvozaboni sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli yangi darvozabon transferi masalasi hozircha dolzarb emas.

Eslatib o‘tamiz, Thibaut Courtois 2018 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2022 yilda 2021/22 mavsumining eng yaxshi darvozaboni sifatida Lev Yashin sovrini bilan taqdirlangan.

Ayni paytda belgiya posboni 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun o‘z terma jamoasi yig‘inida bo‘lib turibdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting