locale OZ

«Real» yozgi transferlar vaqtida har bir chiziq uchun ikkitadan futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda

Klubning asosiy maqsadi — maydon markazini kuchaytirish.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» yozgi transferlar vaqtida har bir chiziq uchun ikkitadan futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi kelgusi yozgi transferlar oynasida tarkibni tubdan yangilash va kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Cadena Ser nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati yozda olti nafar yangi futbolchini safiga qo‘shib olish niyatida.

Rejalashtirilgan transferlar tarkibiga quyidagi pozitsiyalar kiradi:

  • Qanot himoyachisi
  • Markaziy himoyachi
  • Tayanch yarim himoyachisi
  • Pleymeyker
  • O‘ng qanot vingeri
  • Markaziy hujumchi

Klubning transfer strategiyasidagi eng asosiy maqsad — maydon markazini kuchaytirish. «Real» Toni Kroos va Luka Modrich kabi o‘yin uslubiga ega bo‘lgan pleymeyker izlamoqda va bu borada «PSJ» yarimhimoyachisi Vitinya ustuvor nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Shuningdek, «Real» tarkibiga ijaradan qaytadigan futbolchilar hisobiga ham kuchayish kutilmoqda: hujumchi Endrik «Lion»dan, yarimhimoyachi Niko Pas esa «Komo»dan Madridga qaytishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, klub rahbariyati «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni transfer qilish bo‘yicha jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, Pep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi murabbiylik faoliyatini yakunlashi ushbu transferning amalga oshish ehtimolini oshirishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting