locale OZ

«Real» yozda Mastantuononi ijaraga berishni rejalashtirmoqda

Madrid klubi argentinalik futbolchining koʻproq tajriba toʻplashini istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» yozda Mastantuononi ijaraga berishni rejalashtirmoqda
«Real» yozda Mastantuononi ijaraga berishni rejalashtirmoqda

Madridning «Real» klubi o‘zining argentinalik iqtidorli vingeri Franko Mastantuononing kelajagi borasida aniq to‘xtamga keldi. The Touchline nashrining xabar berishicha, «qirollik klubi» 18 yoshli futbolchiga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlash maqsadida uni yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Klub mutasaddilari Mastantuononing o‘sish sur’atini Endrik uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturga qiyoslashmoqda. E’tiborli jihati shundaki, futbolchining o‘zi ham, «qaymoqranglilar» ham ijaraga berish shartnomasiga «sotib olish huquqi» bandini kiritishni istashmayapti. Mastantuono faqatgina Madridda zafar quchishni ko‘zlayotgan bo‘lsa, «Real» rahbariyati unga klubning uzoq muddatli strategik loyihasi sifatida qaramoqda.

Hozirda klub ichida ijaraga beriladigan eng ma’qul jamoa borasida muzokaralar ketayotgan bo‘lsa-da, vaziyat yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va jamoaga kelishi kutilayotgan yangi bosh murabbiyning qaroriga qarab o‘zgarishi mumkin.

Franko Mastantuono joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yilning iyuniga qadar imzolangan. Transfermarkt portali iqtidorli futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting