«Real» yozda 8 nafar futbolchi bilan xayrlashishi mumkin – manba
Peres tarkibni yangilamoqchi.
ФОТО: Getty images
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres joriy mavsumdan so‘ng jamoani jiddiy tarzda yangilashni rejalashtirmoqda.
Sport.es nashri xabar berishicha, jamoa 8 nafar o‘yinchi bilan xayrlashmoqchi.
Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinda Eduardo Kamavinga turibdi — u o‘tgan yozdayoq jamoani tark etish istagini bildirgan edi. Shuningdek, himoyachilar Fran Garsiya va Raul Asensio, hamda yarim himoyachi Dani Sebalyos ham klubni tark etishi kutilmoqda.
Shuningdek, klub rahbariyati himoyachilar David Alaba va Dani Karvaxal bilan yozda tugaydigan shartnomalarni uzaytirishni rejalashtirmayapti. Franko Mastantuono va Gonsalo Garsiya ijaraga berilishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist