«Real» yarimhimoyachilarni sotishni rejalashtirmoqda, ammo Valverde daxlsiz
Madridning «Real» klubi kelgusi transferlarni moliyalashtirish maqsadida markaziy yarimhimoyadagi baʼzi futbolchilarini sotishni rejalashtirmoqda. Jamoani tark etishga asosiy nomzodlar yarim himoyachilar Orelyen Tchuameni va Eduardu Kamavinga hisoblanadi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilishicha, «qaymoqranglilar» yarim himoyachi va jamoa sardori Federiko Valverdeni sotishmaydi, hatto uning Tchuameni bilan sodir boʻlgan janjaliga qaramay, bu qaror oʻzgarmaydi. Klub rahbariyati urugvaylik futbolchi «Real»ning yangi loyihasida hal qiluvchi rolni oʻynashiga ishonadi.
Biroq Tchuameni bilan bogʻliq vaziyat va baʼzi holatlarda jamoaning sobiq murabbiyi Xabi Alonsoga boʻlgan ishonchsizlik tufayli, Ispaniya grandi rahbariyati Valverdening xatti-harakatlarini yanada diqqat bilan kuzata boshlagani taʼkidlanmoqda.