“Real” yana Shlotterbekka qiziqish bildirmoqda
Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni yana transfer ro‘yxatiga kiritdi. 26 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga bir qator Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda Shlotterbekni o‘z safiga qo‘shib olishga olti klub, jumladan “Real” da qiziqmoqda. Himoyachining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasida 60 million yevrolik tovon puli belgilangan, bu esa potensial xaridorlarga transferni amalga oshirish imkonini beradi.
Shlotterbek joriy mavsumda Bundesligada hozircha atigi bitta uchrashuvda maydonga tushgan. Germaniyalik himoyachi mavsumning dastlabki bahslarini jarohat sabab o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, Niko Shlotterbekning Dortmundning “Borussiya” klubi bilan shartnomasi 2031-yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. “Real” esa markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda.