«Real» xorijlik murabbiy qidirmoqda — Cadena Ser
Madridning «Real» klubi futbolchilarda katta taassurot qoldira oladigan yangi bosh murabbiy qidirmoqda. «Qaymoqranglilar» bu lavozimga xorijlik mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Bu haqda Cadena Ser xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, «Real» o‘yinchilari Xabi Alonso boshqaruvi davrida o‘zlarini «zerikkan» his qilishgan. Shu bilan birga, ular hozirgi bosh murabbiy Alvaro Arbeloani klub darajasiga mos kelmaydi deb hisoblashmoqda.
Futbolchilar ushbu ispaniyalik mutaxassisni hech qachon yuqori malakali murabbiy sifatida qabul qilishmagan. Bundan tashqari, Madrid klubi rahbariyati Ispaniya ichida jamoani boshqara oladigan munosib mutaxassisni ko‘rmayapti.
Ma’lumot uchun, Arbeloa joriy yilning yanvar oyidan buyon «Real»ni boshqarib kelmoqda.