locale OZ

«Real» Vlahovichga qiziqib qoldi

25 yoshli hujumchining hozirgi transfer bozori bahosi 35 millionni tashkil etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Real Vlahovichga qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

“Real” klubi “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovichga qiziqish bildirgan. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" serbiyalik hujumchini Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Zaxira o‘rindiqda fransiyalik futbolchiga munosib o‘rinbosar yo‘qligi sabab, madridliklar Vlahovichga e’tibor qaratmoqda.

Biroq "qirolicha klub" hali futbolchining agentlari bilan bog‘lanmagan. 25 yoshli hujumchining hozirgi transfer bozori bahosi 35 millionni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dushan joriy mavsum "Yuventus" safida 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting