locale OZ

«Real» Vinisiusning agressiv xatti-harakatidan xavotirda

«Qirollik klubi»da futbolchining maydondan chetlatilgani jiddiy tashvish uyg‘otgan.
«Real» Vinisiusning agressiv xatti-harakatidan xavotirda
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda (1:0) braziliyalik vingyer Vinisius Juniorning o‘zini tutishidan xavotirda. Ikkinchi bo‘limda yulduz futbolchi qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

The Touchline nashri xabar berishicha, «qirollik klubi»da futbolchining maydondan chetlatilgani jiddiy tashvish uyg‘otgan. «Qaymoqranglilar» Vinisius o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rgangan, deb hisoblashgan. Biroq uning so‘nggi bor hissiyotlariga berilib ketishi futbolchi yana eski odatlariga qaytishi mumkinligi borasidagi xavotirlarni kuchaytirgan.

Uydagi g‘alabadan so‘ng Joze Mourinyo shogirdlari Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting