«Real» Vinisiusni qishda sotmaslikka qaror qildi
Avvalroq saudiyaliklar braziliyalik futbolchi uchun 230 mln yevro taklif qilgandi.
FOTO: Getty Images
«Real» rahbariyati Saudiya klublariga yozgi transfer oynasigacha braziliyalik hujumchi Vinisiusni sotmasliklarini ma’lum qildi.
Bild nashrining xabar berishicha, madridliklar forvardni keyinroq, ya’ni 2026 yil yozida sotish qaroriga kelgan.
Avvalroq Saudiya klublaridan biri braziliyalik futbolchi uchun «Real»ga 200 million funt sterling (230 million yevro) taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Vinisius hozirda 25 yoshda va 2018 yildan buyon «Real» safida to‘p surmoqda. Klub bilan u uch karra Ispaniya chempioni va ikki karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Umuman olganda, Vinisius «Real» safida 351 ta o‘yinda maydonga tushib, 112 ta gol urgan va 94 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist