locale OZ

“Real” Vinisiusga ultimatum qo‘ydi, “Arsenal” vaziyatni kuzatmoqda

“Qirollik klubi” Vinisiusning shartnomasi yakunlanishiga yaqinlashib qolishini istamayapti.
“Real” Vinisiusga ultimatum qo‘ydi, “Arsenal” vaziyatni kuzatmoqda
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorga shartnomani uzaytirish bo‘yicha qat'iy talab qo‘ydi. MARCA xabariga ko‘ra, futbolchi klubning yangi taklifini qabul qilishi kerak, aks holda yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin transferga chiqarilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” Vinisiusning shartnomasi yakunlanishiga yaqinlashib qolishini istamayapti. Shu sabab rahbariyat futbolchi bilan muzokaralarni tezroq yakunlashni maqsad qilgan. Agar tomonlar kelisha olmasa, “Real” uni bepul yo‘qotish xavfini oldini olish uchun sotishga tayyor.

Ayni paytda vaziyatni Angliyaning “Arsenal” klubi diqqat bilan kuzatmoqda. Londonliklar Vinisiusning holatini nazorat qilmoqda, biroq hozircha “Real”ga rasmiy taklif yubormagan.

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda Vinisius vakillari va “Real” rahbariyati o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv futbolchining kelajagini hal qiluvchi bosqich bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting