«Real» Vinisiusga narx belgiladi
"Real" klubi vingeri Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito TV xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qirolicha klubi" hamda 25 yoshli braziliyalik futbolchi o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan.
"Real Madrid" futbolchini sotishga qaror qilgan va uning transfer narxini 150 million yevro deb belgilagan.
Madridliklar hujumchi uchun belgilangan narxda taklif tushsa, uni sotib yuborishga tayyor, biroq bundan arzonroq summaga qo'yib yuborishni rejalashtirmayotganini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum braziliyalik futbolchi "Real Madrid" safida jami 14 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Vinisiusning qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.