«Real» Vinisiusga munosib o‘rinbosar topib qo‘ygan
Hollandning amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Hollandning vakillari bilan bog‘landi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi uning transferi bo‘yicha muzokara boshladi. Vinisius Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilmoqda. Agar u ketadigan bo‘lsa, “qirolicha” klub Hollandni olib kelmoqchi.
Biroq “Manchester Siti” 25 yoshli norvegiyalik yulduzni qo‘yib yuborishni istamayapti. Hollandning amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, “Real” bu transferdan voz kechmoqchi emas.
Transfermarkt portali Erlingning qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist