«Real» Vinisius oʻrnini «Arsenal» yulduzi bilan toʻldirishi mumkin
Bir nechta agentlar Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriel Martinellini «Real»ga taklif qilmoqda. «Qirollik klubi» braziliyalik futbolchini Vinisius Junior uchun potensial muqobil sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi taxminan 100 million yevroga baholanishi mumkin, biroq yakuniy summa bundan past bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Martinelli yetti yildan buyon to‘p surib kelayotgan London klubini tark etish variantini ham istisno qilmayapti.
Joriy mavsumda «Arsenal» hujumchisi barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Martinellining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.