«Real» Vinisius oldiga qat’iy shart qo‘ydi
Madridning «Real» klubi hujumchi Vinisius Junior oldiga tanlov qo‘ydi: u yoki klub bilan shartnomasini uzaytiradi, yoki yozgi transfer oynasida sotiladi. Bu haqda jurnalist Romen Molina xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferini moliyaviy jihatdan amalga oshira oladigan yagona klub — «Manchester United» hisoblanadi. Agar Vinisius «Real»ni tark etishga qaror qilsa, ayni paytda aynan manchesterliklar uning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan eng real variant sifatida ko‘rilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Vinisius Junior barcha musobaqalarda 59 ta uchrashuvda ishtirok etib, 23 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.