“Real” Vinisius Juniorga yangi shartnoma bo‘yicha taklifini yaxshiladi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi braziliyalik vinger Vinisius Junior bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirish niyatida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres futbolchiga yangi shartnoma doirasida yillik 25 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Avvalgi taklif miqdori 20 million yevro bo‘lgani aytilmoqda.
Shu orqali “Real” Vinisiusni jamoaning kelajakdagi muhim futbolchilaridan biri sifatida saqlab qolmoqchi. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Vinisius “Real” safida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatma qayd etgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 140 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist