«Real» Vinisius Junior uchun narx belgiladi
Фото: Getty Images
"Real" 2026 yilda braziliyalik vinger Vinisiusni sotishga tayyor. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklarning dastlabki rejasi vinger bilan shartnomani uzaytirish bo‘lgan. Biroq braziliyalik futbolchining yuqori moliyaviy talablari sabab tomonlar kelisha olishmayapti.
Vinisiusning "Real" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
"Qaymoqranglilar" futbolchining tekin ketishini istamaydi. Klub futbolchini 150 mln yevroga sotishga tayyor. Vinisius "Real" safida jami 323 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urgani va 83 ta golli uzatma amalga oshirgani bilan ajralib turadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist