locale OZ

«Real» Vinisius boʻyicha Saudiya Arabistonidan 230 mln yevrolik taklif oldi

Braziliyalik futbolchining Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Vinisius boʻyicha Saudiya Arabistonidan 230 mln yevrolik taklif oldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi Vinisius Junior bo‘yicha Saudiya Arabistonidan 200 million funt sterling (taxminan 230 million yevro) miqdorida taklif oldi. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, taklif Saudiya klubidan kelib tushgan. «Qaymoqranglilar» esa qiziqish bildirgan tomonni Vinisius 2026 yilgi qishki transfer oynasida sotilmasligi haqida xabardor qilgan.

Vinisius Junior hozirda 25 yoshda. Braziliyalik futbolchi 2018 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, olti gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting