locale OZ

«Real» Vinisius bo‘yicha «Arsenal» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Braziliyalik hujumchining agentlari ham London klubi bilan hech qanday kelishuv mavjud emasligini inkor etmoqda.
“Real” Vinisius bo‘yicha “Arsenal” haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi rahbariyati so‘nggi kunlarda OAVda tarqalgan “Arsenal”ning Vinisius Juniorga qiziqishi haqidagi ma’lumotlardan bexabar ekanini ma’lum qildi.

Shuningdek, braziliyalik hujumchining agentlari ham London klubi bilan hech qanday kelishuv mavjud emasligini inkor etmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Qirolicha klubi” rahbarlari Vinisiusdan 2027 yil yozigacha amal qiladigan shartnomasini haqiqatan ham uzaytirishni istamasligi yoki yo‘qligi haqida aniq javob kutmoqda. Agar futbolchi yangi bitim imzolashni rad etsa, “Real” uning transferi bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Avvalroq bir qator OAVlarda Vinisius “Arsenal” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, “kanonirlar” braziliyalik yulduz uchun 135 million yevro hamda yana 10 million yevrogacha bonus to‘lashga tayyorligi aytilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting