«Real» Venesueladagi zilzila qurbonlari uchun 2 mln yevro ajratdi
Madridning “Real” klubi va uning prezidenti Florentino Peres Venesuela xalqiga yordam ko‘rsatish uchun 2 million yevro xayriya qiladi. Bu haqda “qirollik klubi” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun “Real” klubi 1 million yevro ajratadi. Klub prezidenti ushbu mablag‘ni 2 million yevroga oshirishga qaror qilgan.
“Real Madrid”da biz ushbu og‘ir kunlarda Venesuela xalqiga chuqur hamdardligimizni, qo‘llab-quvvatlashimiz va birdamligimizni bildiramaniz”, — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada 24 iyun kuni sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1700 nafardan oshdi. Shuningdek, 5034 kishi turli jarohat olgani tasdiqlangan. Zilzila sabab mamlakatda 15 866 kishi boshpanasiz qolgan.