«Real» va Vinisius oʻrtasida shartnomani uzaytirish boʻyicha hech qanday siljish kuzatilmayapti
Hozirgi vaqtda Madridning «Real» klubi va hujumchi Vinisius Junior o‘rtasidagi 2027 yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha hech qanday siljish kuzatilmayapti. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, «qaymoqranglilar» soliqlardan tashqari yiliga 20 million yevro miqdorida maosh taklif qilishgan, biroq braziliyalik futbolchining agentlari 30 million yevrodan sal kamroq mablag‘ talab qilishgan.
Ayni damda Vinisiusning maoshi 17 million yevroni tashkil etadi. Ta’kidlanishicha, so‘ralgan 30 million yevro o‘z ichiga asosiy maosh, samaradorlik uchun bonuslar va shartnomani uzaytirgani uchun mukofot pulini oladi.
Avvalroq klub boshqa futbolchilarga bunday shartlarni taklif qilmagan edi. 2025-yilning yozidan buyon Vinisiusning mehnat shartnomasini uzaytirish masalasida sezilarli darajadagi progressga erishilmagan.