locale OZ

\"Real\" va PSJ Salibaga qiziqmoqda, \"Arsenal\" narxni belgiladi

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Uilyam Saliba futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" va PSJ Salibaga qiziqmoqda, "Arsenal" narxni belgiladi
Foto: Getty Images

Madridning "Real" klubi hamda Fransiyaning PSJ jamoasi "Arsenal" himoyachisi Uilyam Salibaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, London klubi fransiyalik markaziy himoyachini 150 million yevrodan kam mablag‘ evaziga sotishni rejalashtirmayapti. Shu sababli Salibani qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan har qanday klub rekord darajadagi transfer summasini taklif qilishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, "Arsenal" 25 yoshli futbolchini jamoaning asosiy tayanchlaridan biri deb hisoblamoqda va faqat favqulodda yuqori taklif tushgan taqdirdagina transfer masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Uilyam Saliba futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting