locale OZ

“Real” va “Barselona”ga angliyalik himoyachi kerak!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” va “Barselona”ga angliyalik himoyachi kerak!
FOTO: Getty Images

“Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gexi faoliyatini La Liganing top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Real” va “Barselona” 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Gexining o'zi esa Madrid klubiga o'tishni afzal ko'rmoqda.

Biroq, angliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klub “Kristal Pelas” bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun 50 million funt to'lashi kerak bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Gexi joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting