locale OZ

“Real” va “Barselona” Holand uchun kurashga kirishishi mumkin

Hozircha futbolchi klubni tark etish istagini bildirmagan va faoliyatini Manchesterda davom ettirishga e’tibor qaratmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” va “Barselona” Holand uchun kurashga kirishishi mumkin
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandga Ispaniyaning “Real” va “Barselona” klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub norvegiyalik futbolchini 2027-yilda o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real” va “Barselona” Holandning amaldagi shartnomasida kelajakda transferni amalga oshirish imkonini beradigan bandlar mavjud deb hisoblamoqda. “Manchester Siti” tomoni esa futbolchining shartnomasida aniq tovon puli bandi borligi haqidagi ma’lumotlarni rad etmoqda.

Shu bilan birga, Holand va “Manchester Siti” o‘rtasida hujumchiga kelajakda yangi chaqiriqni qabul qilish imkonini beradigan kelishuv mavjudligi aytilmoqda. Hozircha futbolchi klubni tark etish istagini bildirmagan va faoliyatini Manchesterda davom ettirishga e’tibor qaratmoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Holand joriy mavsumda barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda 6 ta gol urgan. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034-yilgacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting