locale OZ

«Real» va «Barselona» «AZ Alkmaar» yarim himoyachisini nishonga oldi — Moretto

Futbolchining “AZ Alkmaar” bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» va «Barselona» «AZ Alkmaar» yarim himoyachisini nishonga oldi — Moretto
ФОТО: Getty images

“AZ Alkmaar”ning yosh yarim himoyachisi Kes Smit Yevropaning grand klublari diqqat markazida.

Madridning “Real” jamoasi 19 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogarlar qatorida ko'rilmoqda, biroq unga “Barselona”, “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Atletiko” kabi boshqa top-klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berishicha, “Qaymoqranglilar” skautlari Kes Smit ishtirok etgan uchrashuvlarni bir necha bor kuzatishgan va uning o'yinini sinchiklab o'rgangan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Kes Smitning bahosi €22 millionni tashkil etadi. Futbolchining “AZ Alkmaar” bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Joriy mavsumda niderlandiyalik yarim himoyachi 26 ta o'yinda qatnashib, ikki bor gol urdi va beshta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting