Real va Arsenal Tonali uchun kurashmoqda
Transfermarkt portalining baholashicha, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
“Real” klubi “Nyukasl”ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik futbolchiga Londondan “Arsenal” klubi ham da’vogarlik qilmoqda.
25 yoshli futbolchi borasida boshqa jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. Biroq “Nyukasl” o‘z yetakchisini saqlab qolmoqchi.
Joriy mavsumda Tonali “qarg‘alar” safida barcha turnirlar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalining baholashicha, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist