«Real» va APL klublari Lukebaga qiziqish bildirmoqda
Uning "buqalar" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Real Madrid” va “Chelsi” klublari “Leyptsig” markaziy himoyachisi Kastello Lukebaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori 90 million yevroni tashkil etadi. Biroq Germaniya klubi himoyachini 60 million yevroga sotishga tayyor ekanligini bildirmoqda.
Kastello uchun asosiy da’vogar “Liverpul” bo‘lib turibdi. Biroq “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” hamda “Real” ham uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist