«Real» Upamecano bilan kelishib oldi
27 yoshli Upamecanoning “Bavariya” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamecano katta ehtimol bilan faoliyatini "Real"da davom ettiradi. Bu haqda Footmercato jurnalisti Santi Auna xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar fransiyalik futbolchi bilan shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
27 yoshli Upamecanoning “Bavariya” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. “Qirollik klubi” esa uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum fransiyalik himoyachi barcha musobaqalar doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Upamecanoning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist