«Real» Uortonni sotib olmoqchi
Transfermarkt portali uning qiymatini 60 million yevroga baholagan.
ФОТО: Getty images
“Kristal Pelas” klubi yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Fichajes nashriga ko‘ra, “Real” klubi 21 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “qirolicha klubi” bosh murabbiyi Xabi Alonso rahbariyatdan Uorton transferini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
“Kristal Pelas” Uortonni sotishga tayyor, biroq futbolchi uchun 100 million yevro talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Uorton “Kristal Pelas” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali uning qiymatini 60 million yevroga baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist