locale OZ

\"Real\" UEFA'dan \"Barselona\"ning qo‘lga kiritgan sovrinlarini bekor qilishni talab qildi

Hozircha UEFA mazkur murojaat yuzasidan rasmiy qaror chiqarmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" UEFA'dan "Barselona"ning qo‘lga kiritgan sovrinlarini bekor qilishni talab qildi
Foto: Getty Images

Ispaniya futbolidagi "Negreyra ishi" yuzasidan mojaro yangi bosqichga chiqdi. Bir qator xorijiy nashrlar xabariga ko‘ra, "Real Madrid" UEFAga rasmiy murojaat yo‘llab, “Barselona”ning Xose Mariya Enrikes Negreyra bilan bog‘liq davrda qo‘lga kiritgan sovrinlarini bekor qilishni so‘ragan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, madridliklar UEFAdan 2001–2018-yillar oralig‘ida qo‘lga kiritilgan sovrinlar masalasini qayta ko‘rib chiqishni, shuningdek, ish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilgan. Bundan tashqari, "Real" suddan "Barselona"ning ichki nazorat tizimi va moliyaviy hujjatlariga oid qo‘shimcha materiallarni ham taqdim etishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, "Negreyra ishi" "Barselona"ning Ispaniya hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga tegishli kompaniyalarga yillar davomida millionlab yevro to‘lov qilgani bilan bog‘liq. Klub ushbu mablag‘lar hakamlikka oid texnik hisobotlar va maslahat xizmatlari uchun to‘langanini ta'kidlab kelmoqda hamda sport natijalariga noqonuniy ta'sir ko‘rsatilganini rad etadi. Ish bo‘yicha tergov va sud jarayonlari hanuz davom etmoqda.

Hozircha UEFA mazkur murojaat yuzasidan rasmiy qaror chiqarmagan. Ish bo‘yicha yakuniy huquqiy xulosa e'lon qilinmaguncha, "Barselona"ning sovrinlari yoki musobaqalardagi maqomiga oid hech qanday rasmiy o‘zgarish kiritilmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting