«Real» Trentning jamoadagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda
Madridning «Real» klubi ichida o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning jamoaning uzoq muddatli strategiyasidagi o‘rni borasida savollar paydo bo‘ldi. Bu haqda The Touchline ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 27 yoshli futbolchidan foydalanish bo‘yicha aniq reja tuzgan, biroq uning tez-tez jarohat olishi klubni hafsalasi pir qilgan. Bundan tashqari, futbolchi jarohatdan tiklanish jarayonida klub va o‘yinchi o‘rtasida yetarli darajada muloqot bo‘lmagani qayd etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Aleksander-Arnold fevral oyida maydonga qaytadi va aynan uning o‘yini mazkur vaziyatning qanday hal bo‘lishida muhim omilga aylanadi.
Angliyalik himoyachi «Real»ga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. U barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Dekabr oyi boshida futbolchi chap son mushagidan jarohat olgani haqida xabar berilgandi.